Fargʻona tumanida dala shiyponida «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona tumani. 23-dekabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, R.I.ga qarashli Kurash koʻchasida joylashgan dala shiyponi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, shiypondagi xona ichkarisida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati