Fargʻona tumanida dala maydonida qarovsiz qoldirilgan bir bosh qoramolni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani. Fuqaro E.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 16-iyun kuni noma’lum shaxs Shohimardonobod MFY hududida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirilgan narxi 6.000.000 soʻmlik bir bosh qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harkatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati