14 Noyabr 2022 yil 403

Fargʻona tumanida bir bosh qoramolni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona tumani. Shifokor mahalla hududida yashovchi fuqaro Q.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-oktabr kunidan 30-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon molxonasidan narxi 3.000.000 soʻmlik bir bosh qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.S sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech