11 Iyul 2022 yil 406

Fargʻona tumanida bir bosh qoramollarni sotib olib pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona tumani. Fuqaro Yo.T 26.05.2022-yil kuni IIBga Fargʻona tumani IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 12-may kuni O.J, uni ishonchiga kirib, bir bosh qora molini 18.500.000 soʻmga sotib olib, pullarni bir hafta ichida berishini aytib, ushbu qoramolni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborib, shu kunga qadar qoramol pullarni bermasdan aldab kelayotganligini bildirib, pullarini undirishda amaliy yordam berishlikni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech