Fargʻona tumanida bir bosh qoramol sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona tumani. 2021-yilning iyul oyida I.R. tanishi B.O.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan bir bosh qoramolini 5.700.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini oʻn besh kun muddat ichida berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qoramolni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati