26 Iyun 2023 yil 576

Fargʻona tumanida 63.638.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlari va 1.275 AQSH dollar pullarini oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qilindi

Fargʻona tumani. M.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 09-iyun kuni soat 11:30 larda, noma’lum shaxs Chimyon mahalla hududida joylashgan savdo majmuasida joylashgan savdo doʻkonda qarovsiz qoldirilgan ayollar sumkasidan 63.638.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlari va 1.275 AQSH dollar pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi b“” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli 20.420.000 soʻm va 1000 AQSH dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olinib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech