Fargʻona tumanida 2.300.000 soʻmlik kiyim-kechaklarni aldov yoʻli bilan olib ketib pullarini bermagan ayol javobgarlikka tortildi
Fargʻona tumani. Q.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning noyabr oyida, noma’lum ayol Sharq xaqiqati mahalla hududida joylashgan kiyim-kechak doʻkoniga kelib, ishonchiga kirib, 2.300.000 soʻmlik kiyim-kechaklarini olib, pullarini hozir olib kelib berishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan
kiyim-kechaklarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Q ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati