20 Avgust 2021 yil 401

Fargʻona tumanida 19 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona tumani. 17-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, O.Aga tegishli boʻlgan Beruniy MFY hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala maydoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, makkajoʻxori ekinlari orasida 19 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech