Fargʻona tumanida ayolning tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani. Ilgʻor mahаlla hududida yashovchi T.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 04-aprel kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan umumiy narxi 2.000 AQSH dollarlik tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Y.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati