15 Aprel 2023 yil 556

Farg‘ona shahrida plastik kartadan 47.235.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahar. Fuqaro N.А IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 30 yanvar kuni, nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida bo‘lgan 47.235.000 so‘m pullarni jabrlanuvchiga sezdirmasdan yashirin ravishda o‘g‘irlab, yechib olganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni А.Y va Sh.Sh.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech