8 Yanvar 2022 yil 356

Fargʼona shahridagi choyxonada qarovsiz qoldirilgan “Huawei” rusumli uyali telefon apparatini qoʼlga kiritgan shaxs aniqlandi

Fargʼona shahri. 31 dekabrь kuni fuqaro S.А IIBga murojaat qilib, 26 dekabrь kuni nomaʼlum shaxs B.Margʼiloniy koʼchasida joylashgan choyxonadagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan oʼgʼli S.O.ga tegishli 1.200.000 soʼmlik “Huawei” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni А.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech