Fargʻona shahrida zotdor qoʻy olib berishni va’da qilib ayolning pullarini qoʻlga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 20-dekabr kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning may oyida ikki nafar noma’lum shaxslar ishonchiga kirib unga zotdor qoʻy olib berishlarini aytib undan jami 5.500 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.Q va S.Y.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati