Fargʻona shahrida yonida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. 2023-yil 13-may kuni Fargʻona viloyati IIB PPX otryadi 2-guruh xodimlari Bozoryoʻli koʻchasi xizmat olib borishayotgan vaqtda shu koʻchada harakatlaridan shubxa uygʻotgan Q.A toʻxtatilib yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda choʻntagida “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati