24 Mart 2023 yil 589

Fargʻona shahrida yoʻlovchiga telefon apparatini foydalanish uchun berib baloga qolgan haydovchi IIBga murojaat qildi

Fargʻona shahar. R.A IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 30 dekabr kuni nomaʼlum shaxs boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida oʻtirib, uni Qirguli mavzesida joylashgan Yangiasr koʻchasida joylashgan uyiga eltib qoʻyishini aytib, yuqoridagi manzilga yetib kelgan vaqtida, haydovchiga tegishli narxi 3.000.000 soʻmlik “Samsung A-53” rusumli telefon apparatini vaqtincha qoʻngʻiroq qilish bahonasida olib, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.O sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech