Fargʻona shahrida xonadondan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar.J.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 20-iyun kuni noma’lum shaxs Neftchilar koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning oʻziga tegishli xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narxi 2.000.000 soʻmlik “ИПҳоне” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-m. 2-q. “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati