Fargʻona shahrida xonadondan tillo buyumlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. Yangi Asr koʻchasida yashovchi R.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 01-oktabr kunidan 13-oktabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi shkafdan jami narhi 6.000.000 soʻmlik tillo uzuk va soatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni R.M sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi R.O.ga tegishli tilla soat ehtiyot qismlari qoldiqlari xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olinib, mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati