Fargʻona shahrida xonadondan qurilish anjomlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri. 2-noyabr kuni Quva koʻchasida yashovchi Z.E. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 1-noyabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan jami narxi 11.500.000 soʻmlik qurilish anjomlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati