15 Fevral 2023 yil 370

Fargʻona shahrida xonadondan "Notebook" va telefon oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Yangi asr koʻchasida yashovchi fuqaro L.M IIBga murojaat qilib, unda 25 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs xonadoniga kirish eshigini kalit tanlash yoʻli bilan ochib, gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 650 AQSh dollarlik "Notebook" va 800 AQSh dollarlik “IPHONE-11” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan H.I sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech