6 Iyun 2023 yil 372

Fargʻona shahrida xonadondan kompyuter va telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahar. Hasanova koʻchasida yashovchi fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 24-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonada boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Lenovo” rusumli noutbuk va narxi 500.000 soʻmlik “Iphone 5-S” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligi ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Gʻ.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech