26 Noyabr 2021 yil 525

Fargʻona shahrida xonadondan 4.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 14-noyabr kuni T.R ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 13-noyabr kuni nomaʼlum shaxs gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi idish ichidagi 4.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi T.R.ning farzandi A.K. sodir etganligi aniqlangan.Shu sababli, mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! 

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech