Fargʻona shahrida xonadon sotib olmoqchi boʻlgan shaxs 6 700 AQSH dollariga chuv tushdi
4-fevral kuni Fargʻona shaharda yashovchi Y.N IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentabr oylida noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, yashash xonadonini sotishini aytib, 6.700 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati