2 Fevral 2022 yil 359

Fargʻona shahrida avtomashina salonidan pul va uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri. 18-noyabr kuni Matrudiy koʻchasida yashovchi A.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Nexia-2” rusumli avtomashna salonidan boʻlgan narxi 1.000.000 soʻmlik “Samsung Not-3” rusumli telefon apparati va 200 AQSH dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech