15 Iyun 2023 yil 328

Fargʻona shahrida velosipedini oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qildi

Fargʻona shahar. Margʻilon koʻchasida yashovchi T.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 25-aprel kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan narxi 3.000.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

\Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech