29 Mart 2022 yil 365

Fargʻona shahrida velosiped oʻgʻrisi fosh boʻldi

Fargʻona shahar Bobur koʻchasida yashovchi fuqaro M.O IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 23-fevral kunidan 24-fevral kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib 1.800.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech