30 Mart 2022 yil 469

Fargʻona shahrida uyali telefon telefon apparatini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxslar ushlandi

Fargʻona shahar.25-mart kuni X.X., S.A., A.S. va R.R.lar bir guruh boʻlib, Universitet koʻchasida joylashgan kafe oldida B.A.ni qoʻlida boʻlgan narxi 1.200.000 soʻmlik “RedMI 5” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olishib, talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech