22 Aprel 2022 yil 384

Fargʻona shahrida uyali telefon apparatini foydalanishga berib aldangan shaxs IIBga murojaat qildi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 21-dekabr kuni fuqaro Y.U IIBga murojaat qilib, unda 20-dekabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 100 AQSH dollarlik “Samsung А12” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.Z sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech