30 Avgust 2021 yil 440

Fargʻona shahrida ustaning uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahri. 13-avgust kuni R.J IIBga murojaat qilib, unda 12-avgust kunidan 13-avgust kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Yangi Zamon koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoning tokchasida qarovsiz qoldirib, ushbu binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida narhi 500.000 soʻmlik “Xonor” rusumli telefon apparatini va uning gʻilofida boʻlgan haydovchilik guvohnomasini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech