21 Iyun 2023 yil 241

Fargʻona shahrida “Tico” avtomashinasini olib qochgan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona shahar. Yangi Asr koʻchasida yashovchi S.B IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 18-iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida “Tico” rusumli avtomashinasini kaliti oʻzida qoldirib, oyna va eshiklari ochiq holda turganidan foydalanib, avtomashinani boshqarib olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, voyaga yetmagan Sh.R sodir etganligi aniqlanib, Yangi Asr koʻchasida joylashgan avtomobil yoqilgʻi quyish shaxobchasiga toʻxtagan vaqtida IIO FMB xodimlari tomonidan qo`lga olinib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech