Fargʻona shahrida telefon doʻkonidan 6.500.000 soʻm pullarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Fargʻona shahar.Fuqaro K.I IIBga murojaat qilib, unda 19-oktabr kunidan 20-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Mustaqillik koʻchasida joylashgan telefon savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkonidagi seyf ichida boʻlgan 6.500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati