28 Fevral 2023 yil 403

Fargʻona shahrida telefon apparatini oʻgʻirlatgan shaxs IIBga murojaat qildi

Fargʻona shahar. 2023 yilning 08 fevral kuni M.O IIBga murojaat qilib, unda nomaʼlum shaxs Etiqod koʻchasida joylashgan oshxonada ovqatlanayotgan vaqtida sumkasidan narxi 2.000.000 soʻmlik “IPhone” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari oilib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech