Farg'ona shahrida telefon apparatini aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan voyaga etmagan shaxs aniqlandi
Farg'ona shahar. Fuqaro E.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 04 fevral kuni nomaʻlum shaxsning telegramm ijtimoiy tarmog'idagi profilida tanishib, profil egasi unga “IPHONE XR” rusumli telefon apparatini sotishini vaʻda qilib, buning uchun telefon pullarini oldindan o'zining hisob raqamiga o'tkazib berishini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan o'zining hisob raqamiga 600.000 so'm pullarini o'tkazib olishga erishib, pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga J.I sodir etganligi aniqlanib,tergov harkatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati