20 Mart 2023 yil 348

Farg'ona shahrida telefon apparatini aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan shaxs ushlandi

Farg'ona shahar. T.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 23 fevral kuni nomaʻlum shaxs ishonchiga kirib, narxi 1.000.000 so'mlik “Samsung A 12” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, aldov yo'li bilan telefon apparatini qo'lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.D sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech