Fargʻona shahrida telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. S.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 22-iyun kuni noma’lum shaxs Beshbola mahalla hududida joylashgan qabristonda qarovsiz qoldirilgan 2.000.000 soʻmlik “Samsung 21 S” rusumli telefon apparati solingan sumkasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.M sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati