Fargʻona shahrida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 19-yanvar kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.A Fargʻona koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida 550.000 soʻm evaziga tselofan paketga oʻralgan “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati