15 Noyabr 2022 yil 410

Fargʻona shahrida tanishining 59 bosh qoʻylarini sotib olib kelishgan pullarni bermagan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahar.2022-yil 03-oktabr kuni S.Yo tanishi Gʻ.Sh.ni yashash xonadonidan 59 bosh qoʻylarini jami 89.000.000 soʻmga kelishib 50.000.000 soʻm pullarini berib qolgan 39.000.000 soʻm pullarini 1 oyda berishini aytib olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qoʻylarni boshqa shaxsga sotib yuborib pullarni oʻzini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech