5 May 2022 yil
431
Farg'ona shahrida tanishini aldagan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Farg'ona shahar.2021 yilning yanvar oyi boshlarida M.D ismli ayol tanishi S.Sh.ni o'qishini Qirg'iziston Respublikasidagi Tibbiyot Universitetidan O'zbekiston Respublikasiga ko'chirib berishligini aytib jami 2.200 AQSh dollarini olib, firibgarlik yo'li bilan qo'lgan kiritgan pullarni ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati