Fargʻona shahrida talonchilik sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2023-yilning 10-yanvar kuni soat 01:00 larda A.A Fargʻona koʻchasida ketayotgan voyaga yetmagan Gʻ.I.ning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, qoʻlidagi narhi 300 AQSH dollarlik “Poco-X3” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olib, talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati