13 Iyul 2022 yil 370

Fargʻona shahrida tadbirkorlikni bahona qilib tanishini pullarini qoʻlga kiritgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi  

Fargʻona shahar.2021-yil yanvar oyi boshlarida U.G ismli ayol tanishi M.G ismli ayolning ishonchiga kirib, birga tadbirkorlik qilishini aytib undan jami 6.500 AQSH dollarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech