30 Mart 2022 yil 340

Fargʻona shahrida tadbirkorlikni bahona qilib aldov yoʻli bilan 28.000 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 05-dekabr kuni S.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyun oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, birga tadbirkorlik qilib, koʻrilgan foydani teng taqsimlashini aytib, 28.000 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech