16 Dekabr 2021 yil 421

Farg‘ona shahrida sport anjomlarini olib kelishni aytib, ayolning pullarini aldab qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahri. 09 dekabr kuni N.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 07 dekabr kuni nomaʼlum shaxs, ishonchiga kirib, Qirg‘iziston Respublikasidan sport anjomlari olib kelib berishini vaʼda qilib, 5.000 AQSH dollari miqdorida pullarini qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni V.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 
Text to speech