11 Noyabr 2021 yil 361

Fargʻona shahrida soxta tilla taqinchoqlarni 12.000.000 soʻm evaziga sotgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahri. 15-iyun kuni I.Sh ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 18-may kuni noma’lum shaxs Fargʻona shahar markazida joylashgan “Ixlos” savdo doʻkoni oldida, uning ishonchiga kirib, sariq rangli metaldan tayyorlangan tilla taqinchoqlarni tilladan tayyorlanganligini aytib, 12.000.000 soʻm evaziga sotib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bidirgan.

Mazkur xolat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB xuzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.B ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech