Fargʻona shahrida savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan ayollar sumkasini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri. 13-avgust kuni L.R. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 11-avgust kuni noma’lum shaxs P.Maxmud koʻchasida joylashgan savdo majmuasidagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan fuqarolik pasporti va 300.000 soʻm mablagʻi boʻlgan plastik kartasi solingan sumkasini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (og'irlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati