17 May 2023 yil 367

Fargʻona shahrida savdo doʻkondan 51.000.000 soʻmlik telefon apparatlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Fuqaro X.D IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilnig 07-yanvar kunidan 08-yanvar kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs, Yuksalish koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib narxi 51.000.000 soʻmlik har-xil rusumdagi telefon apparatlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.K sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech