Fargʻona shahrida savdo doʻkondan 2 dona soatni oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi
Fargʻona shahar.Fuqaro Oʻ.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-oktabr kunidan 30-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Dehqonlar koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkonidan narxi 500.000 soʻmlik 2 dona soatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati