28 Fevral 2022 yil 515

Fargʻona shahrida sandiq ichidan 73.800.000 soʻm pullari va 2.000 AQSH dollarini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi

Fargʻona shahri. 2021 yilning 31-dekabr kuni shaxs  Yuqori Kirguli koʻchasida yashovchi K.D IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 28-dekabr kunidan 31-dekabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan sandiq ichida boʻlgan 73.800.000 soʻm pullari va 2.000 AQSH dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

 
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech