8 Aprel 2022 yil
935
Fargʻona shahrida qizil simob moddasini olib berishni va’da qilgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri.2022-yilning yanvar oyida K.N Al.Fargʻoniy koʻchasida fuqaro U.O.ni ishonchiga kirib, arzon narxda qizil simob moddasini olib berishini aytib, 15.000 AQSH dollarini olib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati