Fargʻona shahrida qarovsiz qolgan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri. 05-oktabr kuni fuqaro A.R IIBga murojaat qilib, unda 04-oktabr kuni noma’lum shaxs A.Yassaviy koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoning derazasida qarovsiz qoldirilgan “Ред Ми А-7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.S., M.S. va A.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati