24 Dekabr 2021 yil 387

Fargʻona shahrida qarovsiz qoldirilgan velosipedlarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

 

Fargʻona shahri. 14-dekabr kuni A.Navoiy shox koʻchasida yashovchi M.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs A.Navoiy shox koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning yer toʻlasida qarovsiz qoldirilgan farzandlariga tegishli boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik ikki dona bolalar velosipedlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech