Fargʻona shahrida qarovsiz qoldirilgan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri. 30-oktabr kuni Quva tumanida yashovchi Sh.R. IIBga murojaat qilib, unda 28-oktabr kuni noma’lum shaxs uning Fargʻona shahar, “Davlat xizmatlari markazi” binosida stol ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.800.000 soʻmlik “Samsung A30” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.M. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati