Fargʻona shahrida pullarini ayriboshlamoqchi boʻlgan fuqaro pullariga aldandi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 10-may kuni Sh.Sh shahar markazida joylashgan kafe oldida, M.S.ning ishonchiga kirib, 100 AQSH dollarini 1.150.000 oʻzbek soʻmiga ayriboshlab berishini va’da qilib, pullarini olib, 650.000 soʻm pul mablagʻlarini berib, ushbu pullar 1.150.000 soʻm ekanligini aytib, 500.000 soʻmini oʻzida olib qolib, firibgarlik yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati